O‘sha mashhur ko‘chadan reportaj: poytaxtdagi “mo‘’jizaviy daraxtlar” (+video)
Insonlarni betakror manzarasi bilan zavqlantirib, ijtimoiy tarmoqlar orqali ko‘plarning e’tiboriga tushgan ushbu ko‘cha poytaxtimizning Yangihayot tumanida joylashgan.
Qo‘rg‘ontepa ko‘chasiga pavloniya daraxtlari 2021-yilda ekilgan. Ularning oralig‘i 4-6 metrni tashkil etadi. Hududdagi boshqa ko‘chalar ham alohida manzara kasb etishi uchun o‘ziga xos daraxt turlari tanlangan.
Pavloniya – tez o‘sadigan, yirik bargli va nafis gullaydigan daraxt bo‘lib, ko‘pincha “mo‘’jiza daraxti”, “imperator daraxti” deb ham ataladi.
Uning balandligi 20-25 metrga yetadi. Vatani Xitoy va Yaponiya hisoblanadi. Gullari ko‘kish qizg‘ish yoki pushti rangda bo‘lib, atrofga xushbo‘ylik taratadi.
Mazkur hududda manzarali daraxtlar ekish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar xususida Yangihayot tumani obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Jasurbek Abulqosimov O‘zA muxbiriga ma’lumot berdi.
Batafsil quyidagi videoda:
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/28KJX6DWr5g" title="O‘sha mashhur ko‘chadan reportaj: poytaxtdagi “mo‘jizaviy daraxtlar”" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Marhabo HOJIAKBAROVA, Iskandar ISMATOV (video), O‘zA