O'rtoqlik uchrashuvi: "Barselona" "Bazel"ni tor-mor keltirdi
Uchrashuv Bazeldagi "Sankt-Yakob Park" stadionida bo‘lib o‘tdi.
"Barselona" mavsumoldi tayyorgarligi doirasida Shveytsariyaning "Bazel" klubini 5:2 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuv Bazeldagi "Sankt-Yakob Park" stadionida bo‘lib o‘tdi.
Hisob 34-daqiqada Karim Adeyemi tomonidan ochildi. Birinchi bo‘lim yakuni arafasida Jan Dukure "Bazel"ning javob golini urdi va jamoalar tanaffusga 1:1 hisobi bilan chiqdi.
Ikkinchi bo‘lim boshlanishi bilan Hamza Abdelkarim "Barselona"ni yana oldinga olib chiqdi. 81-daqiqada Lamin Yamal penaltidan hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi. Oradan uch daqiqa o‘tib Kazim Olaygbe 11 metrlik jarima zarbasini aniq amalga oshirib, farqni qisqartirdi.
Uchrashuv so‘nggida "Barselona"ning yangi futbolchisi Jesse Bisivu o‘zini ko‘rsatdi. U 89 va 90+1-daqiqalarda ketma-ket ikki gol urib, yakuniy hisobni belgiladi — 2:5.
Hansi Flik jamoasi mavsumoldi tayyorgarligini davom ettiradi. Kataloniyaliklarning keyingi sinovi 19 avgust kuni Joan Gamper kubogi doirasida "Al-Ahli"ga qarshi o‘tkaziladi.