Oqtosh mahallasi obod bo‘ladi
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Uychi tumanida “Obod mahalla” – “Obod ko‘cha” – “Obod xonadon” mezoni asosida qator amaliy ishlar bajarilmoqda.
Viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov tumanida dastur doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
4-sektor hududidagi Oqtosh mahallasida 1010 ta xonadon bo‘lib, 5 ming 850 nafardan ortiq aholi istiqomat qiladi. Dastur doirasida bu yerda keng ko‘lamli obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash ishlari amalga oshirilmoqda.
Viloyat rahbari dastur doirasida bajarilishi ko‘zda tutilgan ishlar taqdimoti bilan tanishdi. So‘ng ishchi guruh hududdagi oilaviy shifokorlik punktiga tashrif buyurdi.
Mazkur shifoxona binosi talab darajasida bo‘lmaganligi sababli, faoliyatini vaqtincha boshqa binoda davom ettirishi, poliklinika uchun yangi bino qurilishi boshlanishi bildirildi.
[gallery-22146]
Shuningdek, hududda dastur doirasida “Mahalla markazi” binosi ta’mirlanmoqda. 3,8 kilometr yo‘l shag‘allashtirilmoqda. 1,2 kilometr elektr liniyalarini joriy, 1 kilometr ichimlik suvi tarmog‘ini mukammal ta’mirlash ko‘zda tutilgan.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA