Oq uy Jonsonning iste’fosiga izoh berdi
Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonsonning iste’fosi NATOning Ukrainani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha sa’y-harakatlarni davom ettirishiga ta’sir qilmaydi, deb bayonot berdi payshanba kuni Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Per.
"Bizning Buyuk Britaniya bilan alyansimiz kuchliligicha qoladi. Madridda bo‘lib o‘tgan NATOning tarixiy sammitida ishtirokchilar Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etishga ahd qilgan va u o‘zgarmaydi", – dedi Jan-Per.
2019 yil Mey o‘rniga bosh vazirlik lavozimini egallagan Jonson payshanba kuni bosh vazirlik lavozimidan hamda Buyuk Britaniya Konservatorlar partiyasi rahbarligidan ketishi haqida bayonot berdi. U vazirlar mahkamasini yangi bosh vazir saylangunga qadar boshqarib turadi.