Onlayn formatdagi ilmiy-amaliy anjuman
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida “Geografiya fani va uni oʻqitishning dolzarb masalalari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy onlayn anjumani boʻlib oʻtdi.
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida “Geografiya fani va uni oʻqitishning dolzarb masalalari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy onlayn anjumani boʻlib oʻtdi.
Hozirgi karantin sharoitida ishtirokchilarning oʻz uylarida qolib, mazkur tadbirda faol ishtirok etishini taʼminlash maqsadida ilmiy-amaliy anjuman “Zoom” platformasida onlayn formatda oʻtkazildi. Geografiya fani va uni oʻqitishning dolzarb masalalari boʻyicha ilmiy tadqiqotlarning natijalarini keng miqyosda muhokama qilish va takliflar berish maqsadida ikki kun davom etgan ilmiy tadbirda 20 tadan ziyod bayonot oʻqildi.
Taʼkidlanganidek, anjumanga mamlakatimizdagi ilmiy tadqiqot hamda oliy taʼlim muassasalari, umumiy va oʻrta-maxsus taʼlim dargohlaridan, shuningdek, ilmiy tadqiqotchilar tomonidan 100 dan ortiq ilmiy maqola va tezis kelib tushdi.
Tadbirda geografiya fani va uni oʻqitishda pedagogik texnologiyalar, shuningdek, geografiyaning dolzarb masalalarini oʻrganishga keng jamoatchilikni jalb etish, tahlil qilish, umumiylashtirish boʻyicha kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.