Ona va bolaning hayoti saqlab qolindi
Joriy yilning 22 aprel kuni tungi soat 01.20larda Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanidan oqib o‘tuvchi Norin daryosi ustida joylashgan ko‘prik kirg‘og‘ida notanish ayol noma’lum sabablarga ko‘ra farzandi bilan birgalikda o‘zini suvga tashlagan.
Shu vaqtda ushbu hududda xizmat olib borayotgan Milliy gvardiya Qo‘riqlash boshqarmasi xodimi hamda voqea joyidan o‘tib ketayotgan yo‘lovchi fuqaro A.A.lar tomonidan qutqarilib, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan hamda tuman tibbiyot birlashmasiga olib borilgan.
Dastlabki surishtiruvlar davomida ushbu ayol Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi 1983 yilda tug‘ilgan fuqaro X.M. bo‘lib, 2017 yilda tug‘ilgan farzandini o‘ziga bog‘lagan holda suvga sakragan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Uchqo‘rg‘on tumani IIB tomonidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.
Milliy gvardiya Qo‘riqlash bosh
boshqarmasi matbuot xizmati