Ona tilim faxrim, gʻururim!
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasida 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuniga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari, vazirlik masʼullari, akademiya professor-oʻqituvchilari hamda kursantlari ishtirok etgan tadbirda ona tilimizning oʻziga xosligi, bugungi kunda davlat tilining nufuzi va maqomini oshirish borasidagi islohotlar haqida soʻz borib, shu Vatanning har bir farzandi oʻz ona tilini sevishi, uning qadr-qimmatini joyiga qoʻyishi zarurligi taʼkidlandi.
Prezidentimizning 2019-yil 21-oktyabrdagi “Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoniga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi huzurida “Davlat tilini rivojlantirish departamenti” tashkil etildi va uning aniq vazifalari belgilab berildi. Bu bilan davlat tilini rivojlantirish jarayoni yangi bosqichga chiqdi.
Tadbirda Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti va uning joylardagi vakillari, xususan, vazirlik, idoralarda faoliyat yuritayotgan davlat tili masalalari boʻyicha maslahatchilar tomonidan joylarda davlat tilini rivojlantirish, davlat tilida ish yuritishni tashkil qilish ishlarining izchil davom ettirilayotganligi qayd etildi.
Departament tomonidan qator tashkilotlar bilan hamkorlikda nashr etilgan “Davlat tilida ish yuritish” qoʻllanmasining ish faoliyatimizdagi ahamiyatiga alohida eʼtibor qaratilib, ishtirokchilarga mazkur kitobdan faoliyatimizda foydalanish tavsiya qilindi.
Tadbir doirasida ishtirokchilarga kursantlar tomonidan ona tilimizga bagʻishlangan sheʼr va qoʻshiqlardan iborat musiqiy dastur namoyish etildi.