“Oltin to‘p” uchun favoritlar reytingini yangiladi: Harri Keyn yetakchi
Goal 2026-yilgi “Oltin to‘p” uchun favoritlarning yangilangan reytingini e’lon qildi. Unda “Bavariya” hujumchisi Harri Keyn birinchi o‘rinni egalladi.
Ikkinchi pog‘onada “Barselona” vakili Lamin Yamal, uchinchi o‘rinda esa sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibi Lionel Messi qayd etilgan. Kuchli beshlikdan Maykl Olise va Kilian Mbappe ham joy olgan.
Goal talqinidagi kuchli o‘nlik: Harri Keyn, Lamin Yamal, Lionel Messi, Maykl Olise, Kilian Mbappe, Rodri, Xvicha Kvaratsxeliya, Usmon Dembele, Erling Xoland va Pau Kubarsi. Bu Goal tahririyatining “power ranking”i bo‘lib, “Oltin to‘p”ning rasmiy ovoz berish natijasi emas.
“Real” yarim himoyachisi Jud Bellinhem esa 16-o‘rinda qayd etilgan. “Oltin to‘p”ni topshirish marosimi 26-oktabr kuni Londonda bo‘lib o‘tadi.
O‘zbek va jahon sportiga oid eng so‘nggi yangiliklar: @Uzasport