Oltin medallarimiz 8 taga yetdi
Xitoyda davom etayotgan Paraosiyo o‘yinlari ikkinchi kunini delegatsiyamiz a’zolari ikki oltin medal bilan boshladi.
Para kanoe bo‘yicha erkaklar o‘rtasida KL3 klassidagi bahslarda hamyurtimiz Hasan Qo‘ldashev 42.258 soniya natija bilan marraga birinchi bo‘lib yetib keldi va oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, para kanoe bo‘yicha ayollar o‘rtasida KL3 klassida o‘tkazilgan bahslarda hamyurtimiz Shaxnoza Mirzayeva 50.680 soniya natija bilan barcha raqiblarini ortda qoldirdi va delegatsiyamizga 8-oltin medalni keltirdi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA