Oliy ta’limda xalqaro hamkorlik rivojlanadi
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashida Moskvaning qator universitetlari vakillari bilan ta’lim sohasida xorijiy tajribalarni o‘rganish va qamrovini kengaytirish maqsadida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda Moskva moliya va yuridik universiteti rektori Aleksey Zabelin, universitet ilmiy xodimlari Oksana Minayeva, Ruslan Voloshin, Yekaterina Isayeva, Moskva axborot texnologiyalari universiteti rektori Galina Zabelina, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi Shavkat Zayniddinov va tashkilot xodimlari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida oliy ta’lim tizimida hamkorlikni yanada kuchaytirish, o‘zaro do‘stona aloqalarni o‘rnatish hamda talaba-yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi bilan Moskva moliya va yuridik universiteti, Moskva axborot texnologiyalari universiteti va Moskva arxitektura-qurilish instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi.

Gulnoza Boboyeva,
O‘zA