Olis yo‘llar yaqin bo‘ldi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumani “Hokim ota” ovul fuqarolar yig‘ini hududidagi 18-sonli maktabda tahsil oluvchi, uzoq masofadan qatnaydigan o‘quvchilar uchun mikroavtobus topshirildi.
Hayot Foundation, Kapitalbank, “GROSS” sug‘urta kompaniyasi, “Kelajak” markazi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ko‘magida amalga oshirilayotgan loyiha doirasidagi ushbu mikroavtobus 7–20 kilometr masofadan maktabga qatnaydigan o‘quvchilar uchun katta qulaylik yaratadi.

Endi olis yo‘llar yanada yaqin, maktab sari qadamlar esa yanada ishonchli. Zero, yoshlar uchun yaratilgan har bir qulaylik kelajak sari tashlangan muhim qadamdir.
Dovud Abibullayev,
O‘zA muxbiri