“Olima yo‘li” va “Ikki yo‘l” — hayotni o‘zgartiruvchi hikoyalar (+video)
Yoshlar ishlari agentligi Press klubida ayol-qizlarni ilm-fan, shaxsiy rivoj va yetakchilik sari ruhlantirishga qaratilgan muhim madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir doirasida “Olima yo‘li” hamda “Ikki yo‘l, ikki taqdir” filmlari yoshlar e’tiboriga taqdim etildi. Ushbu ekran asarlari orqali ayollarning ilm yo‘lidagi izlanishlari, hayot tanlovlari va muvaffaqiyat sari bosib o‘tgan yo‘llari ta’sirchan tarzda yoritildi.
Filmlar nafaqat ilhom bag‘ishladi, balki yosh tomoshabinlarni o‘z oldiga katta maqsadlar qo‘yishga, bilim va matonat orqali ularga erishish mumkinligiga ishontirdi.
Premeradan so‘ng tajribali va nufuzli ayol olimalar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi. Samimiy suhbat davomida ishtirokchilar ilm-fan yo‘lidagi qiyinchiliklar, shaxsiy tajriba va muvaffaqiyat sirlari haqida fikr almashdilar.
Ushbu tadbir ayol-qizlarning jamiyatdagi faolligini oshirish, ularni ilm va yetakchilik sari ruhlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
<iframe width="830" height="467" src="https://www.youtube.com/embed/Z3zrfG-xWqI" title="“Olima yo`li” va “Ikki yo`l” — hayotni o`zgartiruvchi hikoyalar" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Eshmirzayeva, D.Yakubov (video), O‘zA