Olaf Shols iste’foga chiqishi mumkinmi?
Germaniyada Olaf Sholsning qo‘llab-quvvatlanish darajasi ancha pasaygan.
Xususan, kanslerning Germaniyadan Ukrainaga qurol yetkazib berilishi masalasi bo‘yicha pozitsiyasi xalq orasida jiddiy norozilik uyg‘otmoqda. Bu Sholsning iste’foga chiqish ehtimolini oshiradi, deyiladi “RIA Novosti”ning “Spiegel” nashrida e’lon qilingan maqolaga asoslangan xabarida.
Qayd etilishicha, ayni vaqt Germaniya hukumatida siyosiy kurash avj olgan.
“INSA” instituti so‘rovi natijasiga ko‘ra, GFR aholisi tomonidan amaldagi kanslerni qo‘llab-quvvatlov reytingi darajasi hozir 38 foizni tashkil etib, aksil rekord darajadagi past ko‘rsatgich sifatida baholanmoqda.