O‘ksik qalblarga shodlik ulashib
E’tibor va g‘amxo‘rlik davlatimiz siyosatining asosini tashkil etadi. Hududlarda muntazam ravishda ehtiyojmand va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi vakillarini qo‘llab-quvvatlash tadbirlarining tashkil etib kelinayotgani buning yaqqol isbotidir.
Xususan, yaqinda “Mahalla” xayriya jamoat fondi Qashqadaryo viloyati bo‘limi Shahrisabz tuman bo‘linmasi tashabbusi bilan yana bir ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqaroga quvonch ulashildi.

Jumladan, tumanning “Achchig‘i” mahallasida yashovchi “Ayollar daftari”ga ro‘yxatida turuvchi 1979 yilda tug‘ilgan fuqaro Gulfira Rahmonovaning 1-guruh nogiron farzandiga fond mablag‘lari hisobidan nogironlik aravachasi olib berildi.
O‘lmas Barotov, O‘zA.