Oilani asrash – ezgu qadriyat
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Uychi tuman hokimligi oila va xotin-qizlar bo‘limi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi, “Nuroniylar” jamg‘armasi hamkorligida oila qurish arafasida turgan yoshlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
[gallery-12808]
Tadbirda psixologlar, Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi qoshidagi “Tarbiyamiz fidoyilari” ma’rifiy harakat a’zolari yoshlarga oila mas’uliyati, uni asrash, oilaviy qadriyatlarning inson hayotidagi o‘rni va ahamiyatini misollar bilan atroflicha tushuntirdilar. Milliy-urf odatlarimiz, sog‘lom turmush tarzi va kitobxonlikni targ‘ib etish, shuningdek, OITS kabi illatlarning oldini olishga qaratilgan ko‘rgazmalar uyushtirildi.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA