Oilalar saodati – jamiyat iqboli
Buxoroda “Oila saodati – mustaqillik samarasi” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Buxoroda “Oila saodati – mustaqillik samarasi” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tomonidan tashkil etilgan tanlovda Prezidentimiz rahnamoligida sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar jarayonida onalik va bolalikni muhofaza qilish, sog‘lom farzandlar kamolga yetishi, oilalar mustahkamligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. Sog‘lom ona va bola yilida bu yo‘nalishdagi ishlar yangi bosqichga ko‘tarilib, uning ko‘lami tobora kengaymoqda.
Oilaviy qadriyatlarni ardoqlash, yosh oilalarning huquqiy va ijtimoiy muhofazasini kuchaytirish, ibratli xonadonlar tajribasini ommalashtirish, har tomonlama barkamol avlodni tarbiyalash uchun yanada qulay sharoitlar yaratishda hamkorlikni mustahkamlash maqsadida o‘tkazilgan tanlovda uning hududlararo bosqichi g‘oliblari ishtirok etdi.
Buxoro shahridagi Jabborovlar oilasi g‘olib bo‘ldi va tanlovning mamlakat bosqichiga yo‘llanma oldi.