Odessada NATO guruhi ish boshladi
Ruminiyaning “Nordstarsupport Group” guruhi xodimlarini o‘z ichiga olgan NATOning maxfiy monitoring guruhi Odessada ish boshladi, guruhning vazifasi Qora dengizdagi Rossiya kemalarini kuzatishdan iborat.
Bu haqda Rossiya huquq-tartibot idoralaridagi manbasiga tayanib, “Armenpress” xabar berdi.
Odessaning chekka tumanlaridan birida Qora dengizdagi 200 km radiusgacha bo‘lgan har qanday kemaning aniq koordinatalarini aniqlash imkonini beruvchi uskunalarga ega NATO monitoring guruhining maxfiy bazasi joylashgan. Guruhning maqsadi Rossiya qo‘shinlarining Odessa viloyatiga tushishiga yo‘l qo‘ymaslik va RF harbiy kemalarining joylashuvini belgilashdan iborat.
Rossiya mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Odessa viloyatida, Krasnoselka aholi punkti yaqinida xorijlik yollanma askarlarni yig‘ish va tayyorlash markazi yuqori aniqlikdagi Bastion raketalari bilan yo‘q qilingan.