Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki
Ma’lumki, xalqimiz ma’naviyatida, qadriyatlarida boshqa xalqlar o‘rgansa va o‘z tajribasida qo‘llashga arziydigan ko‘pgina ibratli tajribalari mavjud.
Masalan, hashar deb atalgan tadbir ko‘pchilikni birdamlikka, ahillikka va mehr-oqibatga undashi bilan ajralib turadi.


Yangiyo‘l tumanida faoliyat olib boradigan «Tomorqachilikni rivojlantirish milliy markazi»da O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi jamoasi - Kengash raisi Aktam Xaitov boshchiligida Navro‘z bayrami arafasidagi «Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki» shiori ostida o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hasharida ishtirok etishdi.
O‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini mujassam etgan hamda hududni obodonlashtirish maqsadida o‘tkazilayotgan ushbu hashar yurtimizni yanada obod va fayzli bo‘lishida o‘ziga xos xayrli tadbir vazifasini o‘taydi.



O‘zA