Oʻzbekiston – oʻktam oila
Ayrim hikmat, iboralar dilimizga hech oʻzgarmasdek jo boʻlib qolgan.
Ayrim hikmat, iboralar dilimizga hech oʻzgarmasdek jo boʻlib qolgan. Shulardan biri: “Mehr – koʻzda, koʻrishib, bir-biringdan xabardor boʻlib tursang, oʻzaro muhabbat, oqibat ortadi”, deymiz. Asrlar davomida hayotiy tajribalarda sinalgan bu fikrga zarra eʼtiroz yoʻq. Lekin shu kunlarda yorugʻ dunyoning eng shirin neʼmatlaridan boʻlgan mehrning bundan-da bir haroratliroq, yorugʻroq taʼrifi oʻz-oʻzidan umr sahifalarimizga sarlavha boʻlayotgandek: “Mehr avvalo – qalbda”.
Saxovatli, muruvvatli qalblardagi mehru oqibat shuʼlasi ayni ehtiyojmandlik, xavotir bezovta qilayotgan, moddiy-maʼnaviy qoʻllab-quvvatlashga intizor boʻlib turganlar qalbiga nur, taskin, xotirjamlik, minnatdorchilik olib kirmoqda. Buni yurtimiz aholisiga Yurtboshimizning, ular boshlab bergan “Sahovat va koʻmak” yoʻlidan borayotganlarning azmu irodasi qayta-qayta tasdiqlamoqda.
Ayni kunlar olisu yaqin davlatlarda koronavirus pandemiyasi bilan bogʻliq voqea-hodisalarni kuzatarkanman... yana bir ajoyib kayfiyatni his etdim. Shu paytgacha umrimizning koʻp qismi oʻqish, ish bilan bogʻliq ravishda bevosita maktab, oliygoh, ishxonalarda kechdi. Istagan paytingda yoki xizmat yuzasidan tanishu notanishlar, hamkasblar, qarindoshlar, qoʻshnilar bilan uchrashish, muloqot barchamizga oddiy holat boʻlib qolgan.

Lekin qarangki, el sogʻligi, omonligini saqlash maqsadida yurtimizda karantin choralari koʻrilib, aholining aksari qismi uylaridan chiqmay oʻtirishlari qatʼiy shart qilib qoʻyilgach, boshqalarni bilmaymaan-u, lekin men shu aziz diyorimizda yashovchi har bir vatandoshimdan oʻzimga nisbatan har doimgidan ham koʻproq yaqinlik, qadrdonlik, jonkuyarlik haroratini his etdim. Oʻz sogʻligini, tinchini, oilasi salomatligiyu osoyishtaligini garovga qoʻyib xavfli kasallikka chalinganlarni davolash, undan boshqalarni muhofaza qilish, bunday sharoitda ehtiyojmandlarning ogʻirini yengil, uzogʻini yaqin qilish azmida boʻlganlarning barchasi mehribonlarimizdir.
Tasavvur qiling, baʼzida qandaydir xavf-xatar ehtimolini sezgan zahoti oʻsha joydan uzoqroq boʻlishga intilamiz yoki aylanib oʻtamiz. Dunyo aholisini tahlikaga solib, umrlarga zomin boʻlayotgan koronavirus dardiga chalinganlarni davolash, xizmatida boʻlish uchun oʻz ixtiyori bilan kun-tunini tikkanlarning yurtdoshlarga mehru saxovatini ancha-muncha odam his etishi ham mushkul.
Ayni kunlarda davlatimiz siyosati, Prezidentimizning dildan chiqqan soʻzlari, Qaroru Farmonlari mohiyatini mulohaza qilganim sayin, xayolimda bolalik, oʻsmirlik yillarim aylanadi: otalarimiz kunlarini asosan roʻzgʻor tashvishida ishxonada, koʻchada oʻtkazishardi. Boshimizni silagan, ovqatimizni pishirgan, toza yuvib taragan – onalarimiz. Biroq oʻshanday kunlarda sal tobimiz qochib, betob boʻlib qolsak bormi, otajonlarimizning tinchligu halovati butkul yoʻqolardi; boshimizda quyoshdek parvona boʻlib, koʻnglimiz nimani tusasa, shuni muhayyo qilishga intilishardi...
Ustozi hech kimga koʻrsatmay qush soʻyib kelishni buyurgan talaba boʻsh qoʻl bilan kelib: “Ustoz, sizning talabingizga koʻra men qush soʻymadim. Chunki qayerda bu ishni qilsam, Alloh koʻrib turibdi”, degani yodingizda, albatta. Yashirishning hojati yoʻq: ish joyimizda, koʻpchilik orasida kimningdir eʼtiborini qozonish, kamgadir maʼqul boʻlish va yana qandaydir kattayu kichik ilinjlar bilan qilingan harakatlar ham uchrab qoladi.

Dunyo ahlining, jumladan jonajon diyorimiz aholisining boshiga tushgan sinov har birimizning taqdirimiz Oʻzbekiston nomli oʻktam oila aʼzolari – oʻzbekistonliklar bilan qonu jondek tutash ekanini, bu qutlugʻ xonadon Boshligʻi har birimizning sogʻu salomatlikda hayotdan rozi boʻlib yashashimiz uchun Alloh roziligini tilab astoydil saʼy-harakatda ekanini har doimgidan ham chuqurroq his etdik. Haq roziligi, vatandosh-taqdirdoshlar roziligiga munosib boʻlmoq har birimizga nasib etsin.
Qutlugʻ Ramazon kunlarining ezgu duolari qalblaru osmonlarni toʻldirsin, ijobatlari yana-da xayrli, quvonchli, saodatbaxsh boʻlsin.
Qutlugʻ Ramazon kunlarining ezgu duolari qalblaru osmonlarni toʻldirsin, ijobatlari yana-da xayrli, quvonchli, saodatbaxsh boʻlsin.
Muhtarama ULUGʻOVA,
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi