O‘zbekiston – Latviya: hamkorlik kengaymoqda
O‘zbekistonning Latviyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Qadamboy Sultonov Riga shahrida Latviya Tashqi ishlar vazirligi ikki tomonlama munosabatlar direktorati Bosh Direktori Ilgvars Klyava bilan uchrashdi.
O‘zbekistonning Latviyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Qadamboy Sultonov Riga shahrida Latviya Tashqi ishlar vazirligi ikki tomonlama munosabatlar direktorati Bosh Direktori Ilgvars Klyava bilan uchrashdi.
Muloqot davomida O‘zbekiston va Latviya o‘rtasida turli sohalardagi hamkorlik istiqboli muhokama qilindi. Kelgusidagi ikki tomonlama aloqalar, xalqaro tashkilotlar, jumladan BMT doirasidagi hamkorlik bo‘yicha fikr almashildi.
Ilgvars Klyava Latviya munosabatlarni birgalikda, jumladan savdo-iqtisodiy, investitsion va texnologiyalar sohalarida amaliy mazmun bilan boyitishga tayyor ekanini bildirdi.
Madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlikni yanada jadallashtirish muhimligi alohida ta’kidlandi. Latviya tomoni ta’lim bo‘yicha almashinuvlarni faollashtirishdan manfaatdor ekanini tasdiqlab, xususan toza texnologiyalardan foydalanish, Riga oliy yuridik maktabida, shuningdek YeIning “BOMKA” dasturi doirasida mutaxassislar tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha o‘zaro manfaatli munosabatlarni davom ettirish zarurligini ta’kidladi.
Uchrashuv yakunida ikki tomonlama hamkorlik kun tartibidagi masalalar bo‘yicha uzviy ishchi aloqalarni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.