O‘zbekiston kubogining ilk g‘oliblari
Respublika olimpiya zaxiralari kollejining yengil atletika manejida yoshlar va kattalar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi bahslari boshlandi.
Respublika olimpiya zaxiralari kollejining yengil atletika manejida yoshlar va kattalar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi bahslari boshlandi.Kubok bahslarining dastlabki kunida 60, 400, 1500 metr masofaga yugurish bo‘yicha Abbos Toshmatov, Murod Magomedrasulov, Roman Shtukan, Diana Agliulina, Liliya Manasipova, Irina Morozova marra chizig‘ini birinchi bo‘lib kesib o‘tdi. Yoshlardan Jamoliddin Hamroqulov, Shota Shalikashvili, Bekzod Safarov, Anna Shimanis, Elmira Gazizova, Muattar Barotova barcha raqiblarini ortda qoldirdi.
To‘siqlar osha 60 metr masofaga yugurishda Marat Haydarov va Natalya Asanova, yoshlardan Ulug‘bek Isroilov va Aleksandra Yurkevskaya shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy egalladi.
Xotin-qizlar o‘rtasida uzunlikka sakrash bo‘ycha Darya Reznichenko va Viktoriya Dirdina g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, besh kurash bahslarida tajribali sportchimiz Marina Pilyugina birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.