Oʻz yurtingdan ayrilma...
“Yangi asr avlodi” nashriyoti tomonidan Maxtumquli sheʼrlari toʻplanib, “Oʻz yurtingdan ayrilma” nomi bilan chop etildi.
“Yangi asr avlodi” nashriyoti tomonidan Maxtumquli sheʼrlari toʻplanib, “Oʻz yurtingdan ayrilma” nomi bilan chop etildi.
Turkman adabiyoti durdonasi sanalmish mumtoz shoir Maxtumquli ijodida dard seziladi. Uning sheʼrlarida adolat, ezgulik, yaxshilik, vatanni sevish va yorga sadoqat gʻoyalari ilgari surilgan. Shoir teran fikrlarini shunchalar mahorat bilan qogʻozga tushirganki, uning yozganlarida zamon tushunchasi yoʻqoladi. Har gal oʻqiganingizda koʻz-oʻngingizda buguningiz gavdalanadi.
Kimsa qashshoq boʻlib, kimsa boy boʻlar,
Har kimsaning baxtu iqboli boʻlar.
Boshingga ne kelsa tilingdan kelar,
Maxtumquli, xalq yodidan ayrilma.
Toʻplamda shoirning sizga tanish “Ayrilma”, “Sen jahonga toʻluqsen, jahon sendan bexabar”, “Oʻrtandim, ado boʻldim”, “Bilgan bormi, yoronlar” nomli sheʼrlari bilan bir qatorda birinchi marotaba oʻzbek tiliga tarjima qilingan sheʼr va dostonlari ham oʻrin olgan.