Oʻqituvchi bir kunda necha soat ishlaydi?
Maktablarda yangi oʻquv yili boshlandi. Endi oʻqituvchilarning dars jarayoni qizgʻin boʻlishi, shubhasiz. Mehnat kodeksining 115-moddasiga koʻra, xodim uchun ish vaqtining normal muddati haftasiga qirq soatdan ortiq boʻlishi mumkin emas. Oʻqituvchi bir kunda necha soat ishlaydi? Bu savolning javobi koʻpchilik uchun qiziq albatta.

Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan normativ hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorining ilovasi bilan tasdiqlangan “Alohida tusga ega boʻlgan ishlardagi qisqartirilgan ish kuni belgilanadigan xodimlar roʻyxati”ga oʻqituvchilar ham kiritilgan.
Demak, yuqori sinf oʻqituvchisining haftalik dars yuklamasi 20 soat qilib belgilangan boʻlsa, Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi qaroriga koʻra, oʻqituvchining haftalik ish yuklamasi har bir oʻquv soatini 0,8 koeffitsiyentga koʻpaytirish natijasida 16 soat qoʻshish orqali 36 soat qilib belgilangan.
Shunga koʻra xodimni sakkiz soatdan ortiq ishlatish mehnatga majburlash hisoblanadi. Bunday vaziyatda aybdor shaxslar maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning tegishli moddalariga asosan javobgarlikka tortiladi. Agarda ish hajmining ortishi yoki muhim topshiriqlar ijrosini kechiktirib boʻlmasa ish beruvchi asosiy ish vaqtidan tashqari qoʻshimcha ish vaqtida ham xodimning roziligi bilan uni ishga jalb qilishi mumkin. Bunda qoʻshimcha ishlagan ish vaqti uchun ikki hissa ish haqi toʻlanishi lozim.