Nvidia Koreyaning yirik kompaniyalari bilan SI bo‘yicha yangi kelishuv imzoladi
Nvidia Janubiy Koreyaning SK “Hynix”, “Naver”, “SK Telecom” hamda “Doosan Group” kabi qator yirik texnologiya kompaniyalari bilan sun’iy intellekt sohasida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha yangi kelishuvga erishdi.
Bu haqda Jensen Huangning Janubiy Koreyaga safari doirasida, tashrif chog‘ida uyushtirilgan mamlakatning yirik korporatsiyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar natijasida e’lon qilindi.
“SK Group” ma’lumotiga ko‘ra, “SK Hynix” va “SK Telecom” kompaniyalari NVIDIA bilan strategik hamkorlik bitimini imzolagan. Hujjatga muvofiq, “SK Hynix” global SI ma’lumot markazlari uchun ilg‘or xotira chipi ishlab chiqish bo‘yicha ko‘p yillik texnologiya sherikligiga qo‘shiladi.
Shuningdek, “SK Telecom” mamlakatda “Nvidia” texnologiyasi asosida gigabayt quvvatli “AI cloud” infratuzilmasi yaratilishini ma’lum qildi. Ilk shunday majmua 2027-yil ishga tushiriladi.
D.Hakimov, O‘zA