Nursulton Nazarboyev koronavirusga chalindi
Qozogʻistonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevda COVID-19 infeksiyasi aniqlandi, deb xabar berdi uning matbuot kotibi Aydos Ukibay.
Qozogʻistonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevda COVID-19 infeksiyasi aniqlandi, deb xabar berdi uning matbuot kotibi Aydos Ukibay.
“Afsuski, Elboshining soʻnggi topshirgan testi unda koronavirus borligini koʻrsatdi. Xavotir olishga oʻrin yoʻq. Nursulton Nazarboyev masofadan turib ishlamoqda”, — deb yozdi Ukibay Twitterda.
Bundan avvalroq Qozogʻiston parlamenti spikeri Nurlan Nigmatulin va Sogʻliqni saqlash vaziri Eljon Birtanovlarning ham koronavirusga chalingani haqida xabar qilingan edi. Shundan keyin bir nechta vazirlar hamda bosh vazir Asqar Mamin yakkalanish tartibiga oʻtishga qaror qildi.
Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Qozogʻistonda COVID-19 bilan kasallanganlar soni 15,8 ming kishidan oshgan, bemorlarning 100 nafari pandemiya qurboniga aylandi.