Nuroniylar tajribasi – yoshlarga ibrat
FOTOREPORTAJ
Markaziy harbiy okrug madaniyat markazida O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Nuroniylar — yoshlarga ibrat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
[gallery-21241]
Samarqand viloyat jamoatchilik kengashi vakillari, faxriylar kengashi a’zolari, harbiy xizmatchilar va yoshlar ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvda yurt tinchligini saqlash muqaddas burch ekanligi, milliy armiyamizdagi o‘zgarishlar, shuningdek, respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritildi.
Do‘stona suhbat tarzida davom etgan uchrashuvda nuroniylar o‘tmish va bugun o‘rtasidagi farq, hayotiy tajribalari haqida yoshlarga so‘zlab, tinch va osoyishta yurtda yashash baxt ekanligini alohida qayd etib o‘tdi. Bugun yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar mislsizligi, unlardan oqilona foydalangan holda buyuk kelajakni yaratish o‘z qo‘llaridaligini ta’kidlab, ularga boy tajribalarini o‘rtoqlashdi.
Alisher ISROILOV(surat),O‘zA