Nukusda besh yulduzli yangi mehmonxona qurilmoqda
FOTOREPORTAJ
Nukuslik tadbirkor Ikrom Yo‘ldoshev turizm sohasini rivojlantirish, yurtimizga keladigan sayyohlarga qulay sharoit yaratish maqsadida shahar markazidan 50 sotixli yerni ijaraga olib, zamonaviy mehmonxona qurish ishlarini boshlagan.
Qurilish ob’ekti «Karakalpak Palace Hotel» mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli bo‘lib, loyiha qiymati 34 milliard so‘mni tashkil etdi.
[gallery-18236]
Hozirda mehmonxonaning qurilish ishlari avjida. Binoning ikkinchi qavatida g‘isht terish, temir beton ishlari amalga oshirilmoqda. Jarayonga 60 nafar quruvchi jalb etilgan.
Xalqaro talablarga javob beradigan besh yulduzli mazkur yangi mehmonxona ishga tushishi bilan 150 ga yaqin ish o‘rni yaratiladi.
<iframe width="1280" height="720" src="https://www.youtube.com/embed/zbrSTi83wFY" title="Nukusda besh yulduzli yangi mehmonxona qurilmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Maqsad HABIBULLAEV(surat+video),O‘zA