Notariuslar mahalla raislari malakasini oshirmoqda
Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 18 aprelda “Shaharchalar, qishloqlar va ovullar, shuningdek, shaharlardagi, shaharchalardagi, qishloqlardagi hamda ovullardagi mahallalar fuqarolar yig‘inlarining raislari (oqsoqollari) tomonidan ishonchnomalarni tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilingan.
Mazkur qaror bilan aholiga qulaylik yaratilib, ayrim ishonchnomalarni o‘z yashash hududidagi mahalla idoralarida tasdiqlatishlariga imkoniyat yaratilgan.

Biroq, bu mahalla (ovul) fuqarolar yig‘inlari raislaridan o‘ziga yarasha tushuncha, bilim va mas’uliyat talab qiladi. “Notariuslardan huquqiy bilimlar” aksiyasi ana shu maqsadda tashkil etildi.
Oliy Majlis huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan mazkur loyiha doirasida mahalla rasilari bilim va malakasi oshirilmoqda.
O‘zbekiston Notarial palatasi hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti hamkorligida o‘tkazilgan o‘quv-seminarlaridan biri Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 151 -umumta’lim maktabi faollar zalida bo‘lib o‘tdi.

Notariuslar tomonidan mahalla raislariga ishonchnomalarni tasdiqlash tartibi to‘g‘risida tushuntirish berilib, o‘zaro fikr almashildi.
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi Naxshab mahalla faollar zalida o‘tkazilgan tadbirda shahardagi mahallalar raislari va vakolatli xodimlari ishtirok etdi.
Tadbir ishtirokchilariga O‘zbekiston Notarial palatasi tomonidan ishlab chiqilgan uslubiy qo‘llanma tarqatilmoqda.
Bunday tadbirlar mamlakatimizning barcha hududlarida bo‘lib o‘tmoqda.
O‘zA