Noqonuniy chiqindixonalar bartaraf etildi
Buxoro viloyati Toza hudud davlat unitar korxonasi hamda uning barcha tuman filiallarida 19-sentyabr kuni “Tozalik kuni” aksiyasi tashkil etildi.
Buxoro viloyati Toza hudud davlat unitar korxonasi hamda uning barcha tuman filiallarida 19-sentyabr kuni “Tozalik kuni” aksiyasi tashkil etildi.
Aksiya aholining ekologik madaniyatini oshirish, hududlarni chiqindilardan tozalash va bu borada xalqaro hamjamiyat tajribasini ommalashtirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Tadbirga 94 ta maxsus chiqindi tashuvchi avtotransport, 9 ta samosval, 9 ta avtoyuklagich vositalari jalb etildi.
“Buxoro viloyati Toza hudud” davlat unitar korxonasining barcha filiallari tomonidan kun davomida 40 dan ortiq noqonuniy chiqindixonalar bartaraf etildi. 2400 metr kub dan ortiq chiqindilar chiqarib tashlandi. Chiqindixonalar tartibga keltirildi.
“Tozalik kuni”aksiyasi doirasida Buxoro shahridagi “Somoniylar bogʻi”da Buxoro viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi va viloyat “Toza hudud” DUK tomonidan tozalik kuni tashkil qilindi.