Nodir qo‘lyozmalar yig‘uvchi olim (+video)
Nodir qo‘lyozmalar tarixni, o‘tgan ajdodlarimiz merosini o‘rganishning eng ishonchli manbalari hisoblanadi. Ular bugungi kunda tegishli davlat muassasalarida saqlanmoqda. Bu qo‘lyozmalarni o‘rganish, ularni tadqiq qilish ishlari bilan mutaxassislar shug‘ullanishmoqda. Lekin, aholimiz orasida ham nodir qo‘lyozmalarni topib, ularni asrab-avaylab kelayotgan insonlar ko‘p. Shunday insonlardan biri tarix fanlari doktori, akademik Haydarbek Bobobekovdir. Uning shaxsiy arxivida 250 dan ortiq nodir qo‘lyozmalar saqlanmoqda.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/q2FuyyvwCAk?si=G1q9RZ9tG7QYJeRH" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>O‘zA