Nigina Amonqulova: do‘stligimiz bardavom va abadiy bo‘lsin (+video)
Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo‘ldi.
26-mart kuni O‘zbekiston va Tojikiston yetakchilari “O‘zbekiston” xalqaro forumlar saroyida ikki mamlakat san’atkorlari ishtirokidagi an’anaviy konsert dasturini birgalikda tomosha qildi.
Mazkur tadbirda ishtirok etgan O‘zbekiston xalq artisti hamda Tojikiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Nigina Amonqulovaning fikrlariga qiziqdik.
– O‘zbekiston xalqini Navro‘z bayrami bilan samimiy tabriklayman. Yurtlarimizda doimo tinchlik va osoyishtalik hukm sursin. Biz, san’at vakillari, bir necha yillardan buyon Toshkent va Dushanbe shaharlarida o‘zbek va tojik madaniyati kunlarini muntazam o‘tkazib kelmoqdamiz...
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/JdiFesTKLvs" title="Nigina Amonqulova: do`stligimiz bardavom va abadiy bo`lsin " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Marhabo HOJIAKBAROVA,
Iskandar ISMATOV (video), O‘zA