Nigina Abduraimova «Rolan Garros»da o‘ynaydi
Fransiya poytaxti Parij shahrida tennis bo‘yicha «Katta dubulg‘a» turkumiga kiruvchi «Rolan Garros» turnirining saralash bahslari boshlandi. Ushbu bosqichda hamyurtimiz Nigina Abduraimova ham ishtirok etadi.
Aniqrog‘i, musobaqaning ayollar o‘rtasidagi bahslarida hamyurtimiz Nigina Abduraimova saralash bosqichi ilk davrasida Yangi Zelandiya sharafini himoya qilayotgan Lulu Sanga qarshi o‘yin o‘tkazadi.
Ma’lumot uchun, «Rolan Garros» turniri 9 iyun kuniga qadar davom etadi. Mazkur saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib olgan tennischilar asosiy davraga qo‘shiladi va dunyoning eng kuchli 128 tennischisi qatorida bosh sovrin uchun kurash olib boradi. Mazkur turnirning bu yilgi sovrin jamg‘armasi 53,5 million yevroni tashkil etadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA