Niderlandiyada inflyatsiya 9,7 foizga oshdi
Niderlandiya statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda inflyatsiya darajasi 9,7 foizga o‘sgan.
– Hozirgi inflyatsiya darajasi Niderlandiyada 1976 yil apreldan buyon eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi, – deyiladi xabarda.
Energiya narxlari mart oyida 157 foizga, oziq-ovqat narxi esa 6,2 foizga oshgan. Shuningdek, qurilish materiallari, mebel va pol qoplamalari narxi ham yiliga 10 foizga oshgani ma’lum qilindi.
Joriy yilning birinchi choragida inflyatsiya 7,4 foizni tashkil etdi. Statistika agentligi qayd etishicha, 2022 yilning dastlabki uch oyida kuzatilgan narxlar o‘sishi shu davrga nisbatan aholi ish haqining oshishiga mos kelmaydi.
Shu bois, hukumat energiya narxining oshishi, ayniqsa, eng kambag‘al uy xo‘jaliklariga ta’sirini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqqani qayd etilgan.