Neyron tarmoqlardan kitoblarni tekshirishda foydalaniladi
AQSH Ayova shtatining Meyson-Siti shahridagi maktab okrugi oldida katta ishlar turibdi. Yangi qonunga ko‘ra, okrug kutubxonalaridagi barcha kitoblarni tekshirib chiqishni talab qilinadi. Tekshiruvchilar ularning xech birida maktab yoshiga mos kelmaydigan ma’lumot yo‘qligiga ishonch hosil qilishi kerak bo‘ladi. Bu haqda “Gizmo China” texnologiya sayti xabar qildi.
Biroq, odamlar bu ishni o‘zlari mustaqil ravishda bajara olmaydi, chunki, kitoblar juda ko‘p va ularni har birini o‘qib chiqishning iloji yo‘q. Shu sababli, neyron tarmoqlardan foydalanish haqida qaror qabul qilindi. Dastlab aqlli algoritmlar ichida taqiqlangan ma’lumot bo‘lishi mumkin bo‘lgan kitoblar ro‘yxatini tuzadi, keyin esa ularni maxsus dastur yordamida tekshirib chiqadi.
Ayni paytda neyron tarmoqlar taqiqlanishi kerak bo‘ladigan 19 ta kitobni aniqladi. Ular orasida mashhur kitoblar ham bor. Ro‘yxatda Margaret Etvudning “Oqsoch hikoyasi”, Xolid Husayniyning “Shamol ortidan yugurib” kitoblari o‘rin olgan. Meyson-Siti tajribasi AQSHning boshqa shtatlarini maktablarda neyron tarmoqlardan foydalanishni o‘ylab ko‘rishga majbur qilishi mumkin.
Roman BONDARCHUK tayyorladi, O‘zA.