Nayza uloqtirish bo‘yicha atletlar bahslashdi
Yengil atletika bo‘yichi 16, 18 va 20 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar va kattalar o‘rtasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy Aleksandr Vink xotirasiga bag‘ishlangan musobaqalar o‘tkazilmoqda.
Musobaqada atletlar nayza uloqtirish bo‘yicha bellashdilar. Unda Parizoda Talabova, Zulfiya Ibragimova, Madina Nasriddinova, Musharraf Saidahmedova o‘z yosh toifalarida oltin medalga sazovor bo‘ldi.


O‘g‘il bolalar o‘rtasida Ravshanbek Yusupov, Ruslan Sa’dullayev, Abduvali Soloyev va Sarvar Ismoilov shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA