Navro‘z to‘yga ulandi
Samarqand shahri tozaligi va obodligini ta’minlashda fidokorona mehnat qilayotgan ishchi-xodimlar uchun Navro‘z bayram tadbiri tashkil qilindi.
Tadbirda viloyat hokimi Adiz Boboyev ishtirok etib, Samarqandni yanada go‘zal va fayzli maskanga aylantirishda obodonlashtirish boshqarmasi xodimlarining hissasi katta ekanini ta’kidladi. Viloyat rahbari shahar ko‘rki va sanitar holatini saqlashda ularning mehnati katta ahamiyatga ega ekanini qayd etib, barcha xodimlarga samimiy minnatdorchilik bildirdi.
Bayram tadbiri doirasida obodonlashtirish boshqarmasida faoliyat yuritayotgan 18 nafar ishchi-xodimning farzandlari xatna to‘yi ham o‘tkazildi.
[gallery-28475]
Marosimda bolalarga sarpo kiydirilib, esdalik sovg‘alari topshirildi.
G‘.Hasanov, A.Isroilov (surat), O‘zA muxbirlari