Navosiz ulusning navobaxshi bo‘l
Singapurning Toshkentdagi TMS institutida Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlangan "Navosiz ulusning navobaxshi bo‘l" deb nomlangan ma’naviy-,ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, taniqli shoir Bobur Bobomurod, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, iste’dodli shoira Oydinniso hamda TMS institutining o‘qituvchi va talabalari ishtirok etdilar.

Ijodkorlarning she’ru suhbatlari, talabalarning Alisher Navoiy va Guli obrazini jonlantirishi, Bobur hayotiga bag‘ishlangan sahna asari tadbirga ziynat bag‘ishladi.


Iqtisod fakulteti talabasi Mirjalol Eshmurzayev ijrosidagi qo‘shiqlar tomoshabinlarni xushnud etdi.
O‘zA