Navoiylik talaba yilning eng faol yoshi
Navoiylik Quanishbek Yerejepbayev Qoraqalpog‘iston Respublikasida Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan madaniyat, san’at, ijodiyot, jurnalistika, sport sohalarini va tadbirkorlikni keng rivojlantirish, tinchlikni ta’minlash, shuningdek mazkur sohalarda yutuqlarga erishgan eng fidoyilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazib kelinayotgan “Xoshamet” tadbirida “Yilning eng faol yoshi” nominasiyasi g‘olibligini qo‘lga kiritdi.
Konimex tumanida tug‘ilgan Quanishbek Yerejepbayev Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining 4-bosqichida tahsil oladi. Shu kunga qadar u xalqaro ko‘rik-tanlovda, shuningdek, “Luchshiy molodoy uchyonыy SNG–2020” xalqaro ko‘rik-tanlovida tibbiyot yo‘nalishi bo‘yicha ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan.
Quanishbek 2020 yilda “Mehr-saxovat” ko‘krak nishoni bilan ham taqdirlangan edi.
A.Bo‘riyev, O‘zA