Navoiyda emlash jarayoni davom etmoqda
bugungi kunga qadar Navoiy viloyatida jami 6271 nafar kishi COVID-19 ga qarshi emlandi.
Shundan 65 yosh va undan kattalar 2589 nafarni, tibbiyot xodimlari esa 3682 nafarni tashkil etmoqda.
Emlash ishlari uchun viloyatga Jahon Sog‘liqni Saqlash tashkiloti tomonidan ro‘yxatga olingan 2 xil vaksinadan 38 600 doza olib kelingan.
Jumladan, Hindistonning COVISHEILD vaksinasidan 19 000 doza ajratilgan bo‘lib, ushbu vaksina bilan 9500 ga yaqin emlanuvchini 2 marotaba, Xitoyda ishlab chiqarilgan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasidan 19 600 doza olib kelingan bo‘lib, 6500 nafar aholini 3 marotaba emlash rejalashtirilgan.
Navoiy viloyat SEO va JS boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Zafar Azimovning ta’kidlashicha, hozirgacha emlash jarayonidan keyingi nojo‘ya ta’sirlar kuzatilmagan.
Emlash jarayoni viloyatda davom etmoqda.
A.Bo‘riyev, O‘zA