NATO: Xavfsizlik qalqoni yoki geosiyosiy kuch? (+video)
Ma’lumki, NATO (Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti) dunyodagi eng yirik harbiy-siyosiy ittifoqlardan biri hisoblanadi. 1949-yilda tashkil etilgan mazkur alyansga hozirda Yevropa va Shimoliy Amerikadan jami 32 ta davlat a’zo bo‘lib, uning asosiy maqsadi a’zo mamlakatlarning xavfsizligini jamoaviy mudofaa tamoyili asosida ta’minlashdan iborat.
Keyingi yillarda xalqaro xavfsizlik muhitining o‘zgarishi va global geosiyosiy raqobat kuchayishi tuzilma faoliyati va uning xalqaro munosabatlardagi o‘rnini yanada dolzarb masalaga aylantirdi.
Ittifoqning tuzilishiga aslida nima sabab bo‘lgan edi?
NATOga a’zo mamlakatlar xavfsizligi qanday kafolatlanadi?
Alyansning Anqaradagi sammitida qanday muhim va dolzarb masalalar muhokama qilindi?
Ushbu savollarga dasturimiz davomida batafsil to‘xtalib o‘tamiz.
Ko‘rsatuvni O‘zAning “YouTube” kanalida ko‘rishingiz mumkin.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/KLYQep9YS2s" title="NATO: XAVFSIZLIK QALQONI YOKI GEOSIYOSIY KUCH?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>F.Yaxshiboyeva,
U.To‘xtayev (videomuhandis), O‘zA