«Nasaf» O‘zbekiston kubogi yarim finaliga yo‘l oldi
Bugun O‘zbekiston kubogining chorak finali doirasida «Navbahor» jamoasi o‘z maydonida Qarshining «Nasaf» klubini qabul qildi.
Namangan shahridagi «Markaziy» o‘yingohda bo‘lib o‘tgan uchrashuv kutilganidek, shiddatli va murosasiz kechdi. O‘yinning 16-daqiqasida «Nasaf»ning serbiyalik legioneri Marko Stanoyevich hisobni ochgan bo‘lsa, 90+4 daqiqada mezbon jamoadan Shohruh Mahmudhojiyev 20 metrlar chamasi uzoqlikdan darvozaga gol urib, «Navbahor» hali kurashdan chiqmaganiga ishora etdi — 1:1.
[gallery-411]
Biroq o‘yinga qo‘shib berilgan ekstra taymlarda shijoat baribir o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Qo‘shimcha vaqtning 17-daqiqasida Husayn Norchayev «Navbahor» jamoasi darvozasini ishg‘ol qildi.
Ushbu gol o‘yinda so‘nggisi bo‘lib qoldi. Natijada «Nasaf» O‘zbekiston kubogi yarim finaliga yo‘l oldi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA