Narimon Umarov ovoz berdi
Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi siyosiy kengashi raisi Narimon Umarov 683-“Koʻkcha” saylov uchastkasiga tashrif buyurdi.
Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi siyosiy kengashi raisi Narimon Umarov 683-“Koʻkcha” saylov uchastkasiga tashrif buyurdi. Partiya rahbari hudud aholisini saylovda faol ishtirok etishga chorladi va oʻzi ham siyosiy jarayonning bevosita ishtirokchisiga aylanib, maʼqul koʻrgan nomzodiga ovoz berdi.
Mazkur saylov uchastkasida bir qancha ommaviy axborot vositalari hozir boʻldi. Narimon Umarov mahalliy va xorijiy jurnalistlarning saylovga oid savollariga javob berdi.
“Adolat” SDP Matbuot xizmati.