“Napoli” afsonasi Xitoyga yoʻl oldi
Italiyaning “Napoli” klubi sardori Marek Xamshik faoliyatini Xitoy chempionatida davom ettiradigan boʻldi.
Italiyaning “Napoli” klubi sardori Marek Xamshik faoliyatini Xitoy chempionatida davom ettiradigan boʻldi.
Slovakiyalik mohir yarim himoyachi Xitoyning “Dalyan Ifan” klubi bilan 3 yillik shartnoma imzoladi. Xamshikning transfer summasi 15 million yevroni tashkil etgan, ammo bu mablagʻga bonuslar qoʻshilmagan. Kelishuvga koʻra slovakiyalik hujumkor yarim himoyachi yangi jamoasida yillik 9 million yevro maosh oladi. Bu uning “Napoli”da oladigan maoshidan bir necha barobarga koʻpdir.
Taʼkidlash joiz, Xamshik 2007 yildan buyon neapolliklar sharafini himoya qilib kelayotgan edi. U “Napoli” safida shu kungacha 465 ta oʻyin oʻtkazgan va raqiblari darvozasini 114 marotaba ishgʻol etgan. Har ikki yoʻnalish boʻyicha slovakiyalik futbolchi klub rekordchisi sanaladi.
Qizigʻi shundaki, “Dalyan Ifan” hatto Xitoy superligasida ham ishtirok etmaydi, ular Chin yurtining ikkinchi divizionida Lyaonin provinsiyasining Dalyan shahri sharafini himoya qiladi. Klubga 2009 yilda asos solingan. Ayni paytda jamoani “Barselona” va “Real Madrid” sobiq yarim himoyachisi germaniyalik Bernd Shuster boshqarib kelmoqda.
“Napoli” esa Italiya A Seriyasida gʻoliblik uchun kurashish barobarida Yevropa ligasi pley-off bosqichida kurashni davom ettirayapti. Shunga qaramay Xamshik Xitoy variantini tanladi. Mana sizga pulning qudrati!!!