Namanganda tadbirkorlar faoliyati o‘rganildi
FOTOREPORTAJ
Namangan shahrida mahalliy tadbirkorlik va hunarmandchilikni qo‘llab-quvvatlashga katta e’tibor qaratilmoqda. Bu amaliy ishlarni Objuvoz mahallasi misolida ham ko‘rish mumkin.
Shahar hokimi Anvar Otaxo‘jayev mahalliy tadbirkorlar bilan uchrashuv jarayonida mazkur mahallada mebel jihozlari ishlab chiqarayotgan ishbilarmon Abdumalik Nuriddinov faoliyati bilan tanishdi. Tadbirkor nafaqat oila a’zolari bandligini ta’minlagan, balki yosh avlodga “Ustoz-shogird” an’anasi asosida o‘z hunari sir-asrorlarini o‘rgatishni yo‘lga qo‘ygan.
[gallery-22597]
Shahar hokimi uchrashuv davomida tadbirkorlikni kengaytirish, ish o‘rinlarini ko‘paytirish va yangi imkoniyatlar yaratish bo‘yicha takliflar berdi. Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, ularga kredit va subsidiyalar ajratish imkoniyatlari tushuntirildi.
Ishchi guruh Sanoat mahallasida ham bo‘lib, plastik eshik va rom ishlab chiqaruvchi tadbirkor Abdulhamid Rahimov faoliyatini o‘rgandi. Xonadonda tashkil etilgan ushbu kichik sexda hozirda 10 ga yaqin fuqaro ish bilan ta’minlagan.
Mahallaning yana bir tadbirkori Akram Abdurazzoqov boshchiligidagi korxonada ham plastik eshik va romlar ishlab chiqariladi. 10 dan ziyod ish o‘rni yaratilgan korxona kunlik 30 dan ortiq eshik va rom tayyorlash quvvatiga ega.
Shahar hokimi ishlab chiqarish jarayonini ko‘zdan kechirar ekan, tadbirkorlar bilan muloqotda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va xarajatlarni kamaytirish maqsadida energiya tejamkorligi masalasiga alohida e’tibor qaratishni taklif qildi. Xususan, quyosh panellarini o‘rnatish orqali elektr energiyasidan tejamkorlik bilan foydalanish imkoniyatlari muhokama qilindi.
O‘zA fotomuxbiri
Hotam MAMADALIEV olgan suratlar