Namanganda “Jasorat maktabi”ga saralashning ikkinchi bosqichi boshlandi
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyatining barcha shahar va tumanlarida “Jasorat maktabi”ga qabulning ikkinchi bosqichi – jismoniy tayyorgarlik sinovlari boshlandi.
Unda umumta’lim maktablarining 4-sinfini tamomlagan 2 ming 872 nafar o‘quvchining jismoniy tayyorgarligi belgilangan 5 turdagi mashqlar asosida baholanmoqda. Sinovlar orqali nomzodlarning jismoniy salohiyati, chaqqonligi va chidamliligi aniqlanadi.
[gallery-30737]
Viloyatda jami 14 ta “Jasorat maktabi” faoliyat yuritmoqda. Ularda o‘qish uchun 364 ta kvota ajratilgan bo‘lib, har bir sinfga 26 nafardan o‘quvchi qabul qilinadi. Saralashdan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilar maxsus o‘quv dasturi asosida ta’lim oladi.
Jumladan, Davlatobod tumanidagi 58-sonli ayrim fanlar chuqur o‘qitiladigan sinflari mavjud umumiy o‘rta ta’lim maktabida ham jismoniy tayyorgarlik sinovlari o‘tkazilmoqda. Bu yerda 2 ming 18 nafar nomzod orasidan “Jasorat maktabi”ga qabul qilish uchun 26 nafar o‘quvchi saralab olinadi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA