Namanganda «Besh tashabbus olimpiadasi» doirasida stol tennisi musobaqasi o‘tkazildi
FOTOREPORTAJ
Namanganda yoshlarni sportga keng jalb etish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning iqtidor va qobiliyatini namoyon etishi uchun imkoniyat yaratish maqsadida «Besh tashabbus olimpiadasi» doirasida stol tennisi bo‘yicha viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Musobaqaga Davlatobod tumani sport maktabining badminton markazi mezbonlik qildi. Unda tuman va shahar bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan, mahorati, chaqqonligi, tezkor fikrlashi va kuchli irodasini namoyon etgan yoshlar ishtirok etdi.
[gallery-30931]
Bellashuvlar 16–21, 22–26 hamda 27–30 yosh toifalarida o‘tkazilib, ishtirokchilar g‘alaba uchun o‘zaro kuch sinashdi.
Musobaqa davomida sportchilarning tezkorligi, aniqligi va texnik mahorati namoyon bo‘ldi. Qizg‘in bahslarda sog‘lom raqobat va sportga xos do‘stona muhit hukm surdi.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA