Nabijonova Feruza Valijon qizining pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish metodikasi (tabiiy fanlar misolida)” mavzusida
Nabijonova Feruza Valijon qizining “Boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish metodikasi (tabiiy fanlar misolida)” mavzusidagi dissertatsiyasi himoyasi Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi DSc.03/13.06.2025.B.05.03 raqamli bir martalik Ilmiy kengashning 2026-yil 5-mart kuni soat 15:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 150100, Farg‘ona shahri, Murabbiylar ko‘chasi, 19-uy.
Tel.: (99873) 244–44–02; faks: (99873) 244–44–93.
e–mail: fardu_info@umail.uz