Myanmada yana yer qimirladi
Kecha tunda markaziy nuqtasi Myanmaning 1,2 milliondan ko‘p aholi istiqomat qiladigan Mandalay shahridan 16 kilometr janubi-g‘arbda, 35 kilometr chuqurlikda qayd etilgan 5,0 magnitudali zilzila yuz berdi, deb xabar tarqatdi Yevropa-O‘rta yer dengizi seysmologiya markazi (EMSC).
Hozircha qurbonlar va vayronagarchilik haqida ma’lumot yo‘q.
O‘tgan hafta o‘chog‘i ushbu mamlakatning Sagaing shahridan 12 kilometr masofada, o‘n kilometr chuqurlikda ekani aniqlangan 7,7 magnitudali zilzila sodir bo‘lgandi. O‘shanda yer silkinishi qo‘shni Bangladesh, Hindiston, Tailand, Laos va Xitoyda ham sezilgandi.