Muzeyning rangin dunyosi
FOTOREPORTAJ
Nukus shahridagi I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyi xorijda ham mashhur.
Qoraqalpoq diyoriga tashrif buyuradigan har qanday sayyoh, eng avvalo, ushbu muzeyda bo‘lishni orzu qilishi bejiz emas. Muzeyda o‘zbek, qoraqalpoq va boshqa qardosh xalqlarning atoqli mo‘yqalam sohiblari tomonidan chizilgan turli janrdagi suratlar jamlangan. Shu bois muzeyga kelgan har qanday inson o‘zini rangin dunyoning hayrat va hayajonlari ummonida suzib yurgandek his etadi.
– Muzeyga mamlakatimizning turli hududlari, Osiyo, Yevropa qit’asi, qo‘yingki, sayyoramizning barcha davlatlaridan sayyohlar keladi, - deydi yosh ijodkor Quvvatboy Beknazarov. – Turizmni rivojlantirish maqsadida zamonaviy mezonlar asosida qo‘shimcha bino qurib bitkazildi. Bu yaqin istiqbolda muzeyning ko‘rgazma zallari, eksponatlari namoyishi imkoniyatlarini yanada kengaytirish imkonini beradi.
Muqimjon QODIROV (surat),O‘zA