Mustaqillik solnomasi: 2000-yil
Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan yurtimiz tarixiga oid unutilmas voqea-hodisalarni o‘zida jamlagan "Mustaqillik solnomasi" loyihasining bu galgi soni 2000-yilga bag‘ishlanadi.
2000-yil 9-yanvarda bo‘lib o‘tgan saylovlarda Islom Karimov yana 5 yil muddatga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib qayta saylandi.
2000-yilgi Sidney olimpiadasida bokschi Muhammadqodir Abdullayev O‘zbekiston tarixidagi ilk yozgi Olimpiada oltin medalini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, erkin kurashchi Artur Taymazov kumush, bokschilar Sergey Mixaylov va Rustam Saidov bronza medallariga sazovor bo‘lishdi.
2000-yil 29-noyabrda Samarqand viloyati Payariq tumanidagi qadimiy Ko‘ktepa xarobalari o‘rnida saklar davriga oid “Saklar malikasi” sag‘anasi topildi.
<iframe width="725" height="408" src="https://www.youtube.com/embed/N4pww9rUh9M" title="Mustaqillik solnomasi: 2000 yil" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Turdaliyeva, N.Abduvoitov,O‘zA